13:04 / 18.04.2019
4 150

Alisher Usmonov eng boy rossiyaliklar reytingida 9-o‘rinni egalladi

Alisher Usmonov eng boy rossiyaliklar reytingida 9-o‘rinni egalladi
Forbes'ning Rossiyadagi eng boy tadbirkorlar reytingida bu yil Leonid Mixelson birinchi o‘rinni egalladi. «Sibur» va NOVATEK’ning eng yirik aksiyadori boyligi 24 milliard dollarga baholanmoqda.

Reytingning ikkinchi pog‘onasida - NLMK direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin. Unda, Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 21,3 mlrd dollar bor. LUKOYL neft kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovning boyligi 20,7 milliard dollarga teng.

Alisher Usmonov reytingda to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Jurnal uning boyligini 12,6 mlrd dollarga baholagan. 2018 yilda u Londonning «Arsenal» futbol klubi 30 foiz aksiyalarini 550 million funt sterlingga sotdi. Endi Usmonov «Arsenal Tula» futbol klubini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Shuningdek, ilk o‘nlikdan «Severstal» direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashov (20,5 milliard dollar), «Novatek» va «Sibur» direktorlar kengashi a’zosi Gennadiy Timchenko (20,1 milliard dollar), «Interros» xoldingi prezidenti Vladimir Potanin (18,1 mlrd dollar), LetterOne Holdings va «Alfa-Grupp» egalaridan biri Mixail Fridman (15 milliard dollar), SUEK va «Yevroxim» egasi Andrey Melnichenko (13,8 milliard dollar), xususiy investor Roman Abramovich (12,4 milliard dollar) joy oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov eng boy rossiyaliklar reytingida 9-o‘rinni egalladi