3 938
Xitoylik erkakning orqasidagi 15 kg oʻsimtani olib tashlashga bir kundan koʻproq vaqt talab etildi
Xitoyda 68 yoshli erkakning orqasida oʻsib chiqqan 15 kglik oʻsimta olib tashlandi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Tan familiyali erkak 30 yil orqasida oʻsimta bilan yashagan. Bu orada oʻsimta uzunasiga 85 sm, eniga 65 smgacha oʻsib ketgan. Shifokorlar oʻsimta erkakning oʻpkasi, umurtqasi va asosiy arteriyalariga qisman shikast yetkazgani sababli erkakni operatsiya qilishdan bosh tortib kelishgan.
Biroq erkak uyqu arteriyasini shikastlab olgandan keyin operatsiyani oʻtkazishga qaror qilingan. Xavf mavjudligiga qaramasdan, Yan Szyun ismli shifokor jarrohlik operatsiyasini oʻtkazishga jazm qilgan.
Oʻsimtani olib tashlash boʻyicha operatsiya 33 soat davom etgan. Erkak operatsiya davomida koʻp qon yoʻqotgan, biroq omon qolgan. U 4 kun jonlantirish boʻlimida qolishiga toʻgʻri kelgan, 6-kunga esa oʻzgalar yordamisiz harakatlana boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi