14:33 / 22.04.2019
6 324

Xazina izlovchilar qiymati 200 ming dollarlik tangalar topishdi (foto)

Xazina izlovchilar qiymati 200 ming dollarlik tangalar topishdi (foto)
Buyuk Britaniyada to‘rt nafar xazina izlovchi 557ta qadimiy tangalarni topib olishdi. Bu tangalarning umumiy qiymati 150 ming funt (taqriban 200 ming AQSh dollari)ga teng ekanligi to‘g‘risida Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Endryu Vinter, Tobias Novak va uning ukasi Mateush metall izlovchi moslama bilan Bakinhemshir grafligidagi Hamblden qishlog‘ida aylanib yurishgandi. Tasodifni qarangki, aynan o‘sha payt shu joyda xazina izlovchi havaskorlar festivali ham bo‘lib o‘tayotgandi.

Bir soatlik samarasiz urinishlardan keyin havaskorlar bu ishlarini to‘xtatmoqchi bo‘lganlarida moslama signal bera boshlagan. O‘sha joyni qazigan xazina izlovchilar XVI asrga tegishli, Eduard I va Eduard II davrida zarb qilingan 285ta kumush tangani topishadi. Keyinchalik ularga yana bir havaskor Dariush Fiyalkovskiy qo‘shilib, birgalikda qazish natijasida tangalar sonini 557taga yetkazishadi.

Foto: The Sun

Foto: The Sun
Xazina uni topganlar va yer egasi o‘rtasida taqsimlanishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xazina izlovchilar qiymati 200 ming dollarlik tangalar topishdi (foto)