21:42 / 22.04.2019
3 511

Istanbulda to‘rt qavatli uy qulab tushdi (video)

Istanbulda to‘rt qavatli uy qulab tushdi (video)
Istanbulda to‘rt qavatli uy qulab tushdi. Uyda yashovchilar evakuatsiya qilingan, hech kim jabrlanmagan. Bu haqda Istanbul gubernatori ma’muriyati ma’lum qildi.

"Bugun 14.15da (Toshkent vaqti bilan 16.15) tayanch devor ag‘darilishi oqibatida Kagitxona rayonida 4 qavatli uy qulab tushdi. Uyda yashovchilar ertalab evakuatsiya qilingan, shuningdek xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Jabrlanganlar yo‘q", - deyiladi ma’muriyat saytidagi xabarda.

Qayd etilishicha, qulagan bino yaqinidagi yana o‘nta uyda yashovchi aholi ham evakuatsiya qilingan. Bu binolar ham qulab tushishi mumkin.

NTV telekanali binoning qulab tushishi tasvirlangan videoni namoyish etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulda to‘rt qavatli uy qulab tushdi (video)