06:00 / 23.04.2019
2 921

Poroshenko keyingi saylovlarda prezident lavozimini qaytib olishni mo‘ljallamoqda

Poroshenko keyingi saylovlarda prezident lavozimini qaytib olishni mo‘ljallamoqda
Ukrainada 21 aprelda o‘tgan prezident saylovlarida prezident kursisini aktyor Vladimir Zelenskiyga boy bergan Pyotr Poroshenko keyingi prezident saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Poroshenko bu haqida Kiyevdagi Bank ko‘chasida tarafdorlari o‘tkazgan namoyishda e’lon qildi.

“Men siyosatdan ketmayapman. Biz yaqin kelajakdayoq umumiy g‘alabamizni ta’minlash uchun birlashamiz. Birgalikda parlament saylovlarida g‘alaba qilish uchun boramiz va keyingi prezident saylovlaridan keyin birgalikda Bank ko‘chasiga qaytamiz”, deb aytgan Poroshenko.

Namoy ish ishtirokchilari “bir yildan keyin” deya hayqira boshlashgan. Poroshenko jilmayib, “Bir yildan keyin bo‘lsa, bir yildan keyin-da”, deb javob qilgan.

21 apreldagi saylovlar natijalariga ko‘ra Poroshenko 25 foiz ovoz to‘plagan, uning raqibi Vladimir Zelenskiy esa 73 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko keyingi saylovlarda prezident lavozimini qaytib olishni mo‘ljallamoqda