Qozog‘iston parlamenti deputati, 58 yoshli Daniya Yespayeva mamlakat prezidenti saylovlarida ishtirok etishini ma’lum qildi. Shu tariqa saylovlarda ishtirok etish istagini hozircha 4 kishi bildirdi.
Yespayeva nomzodi “Aq jol” partiyasi qurultoyi ishtirokchilari tomonidan ilgari surilgan. Deputat saylovoldi nutqida ayol tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishga va davlat idoralarida korrupsiyaga barham berishga va’da bergan.
“Fikrimcha, men ayol, ona sifatida bu muammoni atroflicha o‘rganib, real, to‘g‘ri yechimlar topa olaman”, deb aytgan Yespayeva.
Qozog‘istonning navbatdan tashqari prezident saylovlari 9 iyunda bo‘lib o‘tadi. 23 aprelda hukmron “Nur Otan” partiyasidan prezident saylovlarida ishtirok etish uchun amaldagi prezident Qosim-Jomart Toqayev nomzodi taklif qilingandi.
Bundan tashqari, saylovlarda ishtirok etishga Qozog‘iston kasaba uyushmalari federatsiyasi vakili Amangeldi Taspixov va “Ulы Dala kыrandarы” harakatidan Sadibek Tugel ariza topshirgan.
Nomzodlar taklif qilinishi jarayoni 28 aprelgacha davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi