Xitoy oliy xalq prokuraturasi Interpolning sobiq rahbari, Xitoy jamoat xavfsizligi vazirining sobiq o‘rinbosari Men Xunveyni poraxo‘rlik gumoni bilan hibsga olishga qaror qildi.
“Nazorat bo‘yicha davlat qo‘mitasi tergov yakunlangandan so‘ng poraxo‘rlikda gumon qilinayotgan Men Xunvey ishi materiallarini prokuratura idoralariga ko‘rib chiqish uchun topshirdi”, deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, prokuratura Men Xunveyni hibsga olishga qaror qilgan, tergov davom etmoqda.
2018 yil oktyabrda Fransiya mutasaddi idoralari Xitoyga sentyabrda jo‘nagan Interpol prezidentining yo‘qolishi bo‘yicha tergov boshlagan.
Men Fransiyani 29 sentyabrda tark etgani va shundan keyin aloqaga chiqmagani ma’lum qilingan. Uning yo‘qolgani haqida Interpolning bosh qarorgohi joylashgan Lionda farzandlari bilan birga yashovchi rafiqasi xabar qilgan.
Keyinroq Xitoy Men qonunni buzganlikda gumon qilinayotgani va nazorat bo‘yicha davlat qo‘mitasi unga nisbatan tergov o‘tkazayotganini ma’lum qilgan. Shundan bir necha soat keyin Interpol Men prezident vakolatlarini topshirishni so‘raganini ma’lum qilgan. Fransiya idoralari noyabrda Menning yo‘qolishi bo‘yicha ishni yopgan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi