Foto: Sputnik
Ukraina prezidenti saylovlarida g‘olib bo‘lgan Vladimir Zelenskiy Facebook’dagi sahifasida Turkiyaga ketishi haqida ma’lum qildi, bu haqda Sputnik xabar qiladi.
Zelenskiy o‘z postida to‘rt oy davomida dam olish kunlarida bo‘lmagani, nihoyat oilasi bilan hordiq uchun vaqt topilganini yozgan.
Biroq Zelenskiy uchun bunday «ta’til» atigi ikki kun bo‘ladi, undan keyin u Ukrainaga qaytadi.
«Ochiq bo‘lishga kelishgandik. Turkiyaga ketmoqdamiz. Bolalarni har yili o‘tkaziladigan festivalga olib bormoqchiman. Hammaga iliqlik, sog‘liq va yaxshi hordiq tilayman», — deb yozgan Zelenskiy.
Vladimir Zelenskiy 21 aprel kuni o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida amaldagi prezident Pyotr Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi.
Zelenskiy saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi.
Markaziy saylov qo‘mitasi ham, saylov davomida hech qanday jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilmaganini xabar qildi.
Markaziy saylov qo‘mitasi 1 mayga qadar Ukrainada prezident saylovi natijalarini rasman belgilashi va 3 kun ichida ularni ommaga e’lon qilishi kerak. Demak, Zelenskiyning inauguratsiya marosimi 3 iyunga qadar bo‘lib o‘tishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi