23:46 / 28.04.2019
2 688

Ukrainalik fuqaro o‘z itiga “I love you” deyishni o‘rgatdi (video)

Ukrainalik fuqaro o‘z itiga “I love you” deyishni o‘rgatdi (video)
Youtubeda joylashtirilgan ushbu videolavha juda tez omaviylashib bormoqda. Tez orada uni minglab kishilar tomosha qilishdi. Ukrainalik, Aleksandr Bondarenko ismli fuqaro o‘zining Flesh laqabli itiga turl so‘zlarni talaffuz qilishni o‘rgatmoqda.

Itini gapirishga o‘tgatish uchun u mazali yeguliklardan foydalanadi. Egasi qo‘lida yegulikni ko‘rgan zamon it “I love you” yoki “Vova” so‘zlarini aytishgan tayyor.

Ha, aytmoqchi, AQShda Fleshning juda kuchli raqibi bor. U yerda Mishka ismli it hatto studiyada qo‘shiqlar yozish bilan shug‘ullanadi.

Aytish joizki, Internetda co‘nggi paytlarda, hayvonlar bilan bog‘liq videolavhalarning ommaviyligi keskin oshib bormoqda. Xususan, eng ommaviy videolavhalar reytingida birinchi o‘rinda pop-yulduzlari qo‘shiqlariga oligan kliplar, ikkinchi o‘rinda bolalar haqidagi videolar bo‘lsa, uchinchi o‘rinda - hayvonlar bilan bog‘liq turli videolavhalar o‘rin olgan.

Bunga sabab - hayvonlarning har bir harakatida mujassam bo‘lgan samimiylik, beg‘uborlik va cheksiz muhabbat bo‘lsa ajab emas. Insonlarda esa ushbu xususiyatlar tobora kamroq uchrayotgani esa - achinarlidir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainalik fuqaro o‘z itiga “I love you” deyishni o‘rgatdi (video)