06:35 / 29.04.2019
3 012

Bolakay buvisining qabriga gul qo‘yish uchun o‘ndan ortiq mashinalarni yuvib chiqdi

Bolakay buvisining qabriga gul qo‘yish uchun o‘ndan ortiq mashinalarni yuvib chiqdi
Yetti yoshli Eshton Myurrey (Ashton Murray) marhuma buvisining dafn marosimida qabrga guldasta uchun o‘zi mustaqil ravishda pul ishlab topishga qaror qildi, deya xabar qilmoqda Darakchi.uz nashri.

Myurrey ota-onasining yordamida buvisi Brenda Xasbendning qabriga qo‘yiladigan guldastaga pul to‘plash uchun avtomobillarni yuvmoqchi bo‘ldi. Oila o‘z uylarining yoniga karton quti qo‘yishdi va unga: “Ikki funt sterlingga mashinangizni yuvib beraman”, deb yozib qo‘yishdi. Uning pastiga esa: “Men yetti yoshdaman” degan yozuv ham bor edi.

Ilk 15 daqiqada hech qanday mashina to‘xtamadi, ammo e’lon Feysbukka qo‘yilgach, mijozlar turnaqator bo‘lib ketdi. O‘zida yo‘q xursand Eshton yeng shimarib ishga kirishib ketdi.

Alaloqibat, Eshton 100 funt sterling yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin bu pullarga guldasta sotib olinmadi. Negaki, Myurreylarning fikricha, agar buvilari hayot bo‘lganida nevarasi bu pullarga foydali biron nima sotib olishni istagan bo‘lardi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bolakay buvisining qabriga gul qo‘yish uchun o‘ndan ortiq mashinalarni yuvib chiqdi