08:54 / 29.04.2019
3 095

Erdo‘g‘an Turkiyada dam olayotgan Zelenskiyga tansoqchilarni biriktirib qo‘ydi

Erdo‘g‘an Turkiyada dam olayotgan Zelenskiyga tansoqchilarni biriktirib qo‘ydi
Ukrainaning bo‘lg‘usi prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaning Bodrumida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an unga ajratgan tansoqchilar nigohi ostida dam olmoqda. Bu haqda “Strana.ua” nashriga iqtibos keltirgan holda “Kun.uz” nashri ma’lum qildi.

Avvalroq Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyada dam olayotganini va bu uning oxirgi 4 oy ichidagi ilk dam olish kunlari ekanini ma’lum qilgan.

“Hozirda kurortda turli davlatlardan 20 ga yaqin yuqori lavozimli amaldor dam olmoqda, biroq hech kimga bunchalik yuqori e’tibor yo‘q. Zelenskiyning Erdo‘g‘an taqdim qilgan tansoqchilari juda jiddiy. Jurnalistlar uni restoranda ovqatlanayotganda suratga olishmoqchi bo‘lishganda, tansoqchilar bunga keskin tarzda yo‘l qo‘yishmadi”, deb ma’lum qilingan xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an Turkiyada dam olayotgan Zelenskiyga tansoqchilarni biriktirib qo‘ydi