14:55 / 29.04.2019
3 268

Qozog‘istonlik model Miss USSR UK—2019 tanlovida 3-o‘rinni oldi

Qozog‘istonlik model Miss USSR UK—2019 tanlovida 3-o‘rinni oldi
Olmaotalik Laura Muxtar Londonda bo‘lib o‘tgan Miss USSR UK—2019 go‘zallik tanlovida o‘rin oldi, deb xabar berdi Daryo.uz.
Tanlovning yakuniy bosqichida 11 nafar qiz ishtirok etgan. Kuzatuv natijalariga ko‘ra qozog‘istonlik 23 yoshli qiz uchinchi o‘rinni egallagan.

Ikkinchi o‘rinni esa rossiyalik model Kseniya Ocheredko olgan. Miss USSR UK —2019 unvonini esa armanistonlik 18 yoshli Angelina Chabanyan qo‘lga kiritgan.
U, shuningdek, internet orqali ovoz berish natijalariga ko‘ra «Tomoshabinlar e’tibori» mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Miss USSR UK tanlovi 2013 yilda rossiyalik tadbirkor Yuliya Titova tomonidan tashkil etilgan. Unda sobiq ittifoq davlatlaridan bo‘lgan eng chiroyli qizlar ishtirok etadi. Tanlov Londonda yettinchi bor o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik model Miss USSR UK—2019 tanlovida 3-o‘rinni oldi