17:55 / 30.04.2019
3 099

Venesuelada harbiy isyon boshlanmoqda. Qurolli kuchlar Guaydoga qo‘shildi

Venesuelada harbiy isyon boshlanmoqda. Qurolli kuchlar Guaydoga qo‘shildi
Venesuela muxolifati rahbari Xuan Guaydo amaldagi prezident Nikolas Maduroni hukumatdan ag‘darish rejasi - «Ozodlik» operatsiyasining «yakuniy bosqichi» boshlangani haqida ma’lum qildi. U Venesuela aholisi va harbiylarni amaldagi rejimning «uzurpatsiya»siga chek qo‘yishda o‘zini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

Tvitterda e’lon qilingan videoda Guaydoning yonida harbiy libosdagi shaxslar va muxolifatning shu vaqtga qadar uy qamog‘ida bo‘lgan yetakchisi Leopoldo Lopes turganini ko‘rish mumkin. Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, isyon ko‘targan harbiylar siyosatchini qamoqdan ozod qilishgan.

Guaydoning so‘zlariga ko‘ra, video Karakasdagi La-Karlota aviabazasida tasvirga olingan.
«Davlat qurolli kuchlari to‘g‘ri qaror qabul qilishdi, ular Venesuela xalqining qo‘llab-quvvatloviga tayanadi», degan Guaydo.

U qolgan harbiylarni ham 1 may kuni ko‘chalarga chiqishga chorlagan.
«Men barcha harbiylar va ularning oilalari zudlik bilan ko‘chaga chiqishga chaqiraman. Konstitutsiyamiz doirasida mamlakatimizdagi zo‘ravonlikka uzil-kesil barham berishimiz shart», degan u.

Venesuela axborot vaziri Xorxe Rodriges esa tvitterda hukumat harbiy to‘ntarish amalga oshirishga uringan «xoin harbiylar»ning kichik guruhiga to‘qnashgani haqida ma’lumot yozib qoldirgan.

Venesueladagi vaziyat 23 yanvar kuni keskin tus oldi, o‘shanda Guaydo ommaviy aksiyalar fonida o‘zini vaqtincha prezident deb e’lon qilgandi. Uni AQSh, Lotin Amerikasi davlatlari va Yevropa Ittifoqi a’zolari tan olgan.

Mamlakatning amaldagi rahbari Nikolas Maduro bu voqeani davlat to‘ntarishiga urinish deb atadi. Rossiya, Xitoy, Turkiya va yana bir necha davlatlar Maduroni qonuniy prezident deb hisoblashda davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Venesuelada harbiy isyon boshlanmoqda. Qurolli kuchlar Guaydoga qo‘shildi