16:10 / 02.05.2019
2 313

O‘ta xavfli kasalliklarning belgilari oshkor qilindi

O‘ta xavfli kasalliklarning belgilari oshkor qilindi
Foto: Express
Britaniyalik shifokor Kristian Yessen Londondagi tibbiyot konferensiyasi vaqtida oldindan bilish mumkin bo‘lgan jiddiy kasalliklar belgilari haqida gapirdi. Uning tadqiqoti natijalari Express gazetasi tomonidan e’lon qilingan.

Yessen va uning hamkasblari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, aksariyat kasalliklarni oyoq yuzi (kafti) holati bo‘yicha aniqlash mumkin. Xususan, diabetga moyil bo‘lgan kishilar doimiy ravishda ortoped qabulida bo‘lishi kerak.

Shifokorlar aniqlik kiritishicha, qonda shakar darajasining ko‘payishi qon aylanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, nervlarni shikastlaydi va bemor oyoqlaridagi sezuvchanlikni yo‘qotadi. Shu tariqa, kishi oyoqni qadoq qilib yuborsa ham infeksiyani payqamaydi.

Shuningdek, xabar qilinishicha, sovuq va rangpar oyoqlar bekilib qolgan arteriyalar hamda yurak-qon tomir kasalliklaridan darak berishi mumkin.

Doimiy mushaklar kuchsizligi aritmiya va nevrologik kasalliklardan dalolat beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)