11:45 / 04.05.2019
3 784

AQShda yuzlab yo‘lovchilari bo‘lgan samolyot daryoga quladi (foto)

AQShda yuzlab yo‘lovchilari bo‘lgan samolyot daryoga quladi (foto)
Florida shtatidagi Jeksonvill shahridagi daryoga bortida 136 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 737 samolyoti qulab tushdi. Bu haqda o‘z Twitter-akkauntida shahar meri Lenni Kerri ma’lum qildi.

Miami Air aviakompaniyasining tijorat charter reysi AQShning Kubadagi Guantanamo harbiy bazasidan uchib kelayotgan bo‘lgan. CNN telekanali ma’lumotlariga ko‘ra samolyot uchish-qo‘nish yo‘laklaridan chiqib ketgan va daryoga tushgan.

“Samolyot daryoning sayoz joyiga borib to‘xtab qolgan, ammo suvga cho‘kib ketmagan” — deya yozdi Jeksonvill sherifi.
Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. WJXT telekanali lavhalariga ko‘ra, yo‘lovchilar qutqaruv nimchalari bilan samolyot qanoti orqali chiqib ketishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda yuzlab yo‘lovchilari bo‘lgan samolyot daryoga quladi (foto)