“Aeroflot” kompaniyasining Sukhoi Superjet 100 yo‘lovchi samolyoti bilan Sheremetevo aeroportida yuz bergan halokat oqibatida 41 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasi vakili Yelena Markovskaya ma’lum qildi.
Avvalroq 13 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.
Markovskaya jurnalistlarning qancha odam halok bo‘lgani haqidagi savollariga “41 kishi” deya javob qilgan.
Ma’lum qilinishicha, samolyot bortida bo‘lgan 78 kishidan 37 kishi, jumladan 33 yo‘lovchi va ekipajning 4 a’zosi omon qolgan. 6 kishi shifoxonaga yetkazilgan, ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda.
Moskvadan Murmanskka yo‘nalayotgan samolyot 5 may kuni parvozni boshlagandan 28 daqiqa o‘tib Sheremetevo aeroportiga favqulodda qaytib, keskin qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyot murakkab ob-havo sharoiti tufayli ikkinchi urinishdan keyingina qo‘na olgan. Samolyot qo‘nganda uning stoykalari sinib, dvigatellari yona boshlagan.
Ushbu fojia yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan hamda uni tergov qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilgan.
Murmansk viloyati gubernatori Andrey Chibis halok bo‘lganlar xotirasiga viloyatda 3 kunlik motam e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi