20:50 / 08.05.2019
5 571

Shahzoda Garri va Megan Markl farzandini birinchi marta ommaga ko‘rsatdi (foto)

Shahzoda Garri va Megan Markl farzandini birinchi marta ommaga ko‘rsatdi (foto)
Foto: Daily Mail
Sasseks gersoginyasi Megan Markl va shahzoda Garri yangi tug‘ilgan farzandini birinchi marta ommaga ko‘rsatdi, deb xabar bermoqda Daryo.

Yosh ota-ona o‘g‘lini qo‘lida tutib, Vindzor qasrida jurnalistlar oldiga chiqdi. Megan Markl uzoq davom etgan tanaffusdan keyin birinchi marta kameralar qashisida ko‘rinish berdi.

Foto: Daily Mail
Qirollik oilasining yangi a’zosi 6 may, dushanba kuni Londondagi Portlend kasalxonasida dunyoga kelgandi.

Foto: Daily Mail

Bola Britaniya taxtiga navbatda yettinchi o‘rinni egallaydi, undan oldinda bobosi — shahzoda Charlz, amakisi — shahzoda Uilyam, uning farzandlari — shahzoda Jorj, malika Sharlotta, shahzoda Lui hamda otasi — shahzoda Garri bor.

Foto: Daily Mail

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shahzoda Garri va Megan Markl farzandini birinchi marta ommaga ko‘rsatdi (foto)