11:00 / 09.05.2019
3 838

Myanmadagi aeroportga qo‘ngan Bangladesh samolyoti bir necha qismga bo‘linib ketdi

Myanmadagi aeroportga qo‘ngan Bangladesh samolyoti bir necha qismga bo‘linib ketdi
Myanma sobiq poytaxti Yangondagi xalqaro aeroportda Biman Bangladesh Airlines aviakompaniyasining Bombardier Dash 8 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Qo‘nish chog‘ida samolyot uchish-qo‘nish maydonidan chiqib ketib, bir necha qismga bo‘linib ketgan.

Hodisa tufayli samolyot bortida bo‘lgan 33 kishidan 19 nafari kasalxonalarga yetkazildi. Qurbonlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Myanmadagi aeroportga qo‘ngan Bangladesh samolyoti bir necha qismga bo‘linib ketdi