16:57 / 10.05.2019
3 399

Senatda chiqish qilayotgan Filippin prezidenti yelkasida ulkan suvarak o‘rmalab yurdi (video)

Senatda chiqish qilayotgan Filippin prezidenti yelkasida ulkan suvarak o‘rmalab yurdi (video)
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte senatda chiqish qilayotgan chog‘ida uning yelkasiga ulkan suvarak chiqib oldi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Mazkur videolavhada prezident yelkasida o‘rmalab yurgan suvarakka e’tibor qilmagani aks etgan. Bir ozdan so‘ng prezidentning yoniga yordamchisi yugurib keladi va hasharotni tushirib yuborishga harakat qiladi. Shundan so‘ng Duterte suvarakni siltab pastga tushirib yuborgan.

Filippin prezidenti hasharotni muxolifatchi liberal partiya vakillari jo‘natgan bo‘lishi mumkinligini aytib hazillashgan.
«Bu liberal! Aniq», — deya kinoya qilgan Duterte va nutqini davom ettirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Senatda chiqish qilayotgan Filippin prezidenti yelkasida ulkan suvarak o‘rmalab yurdi (video)