2 699
«Chegara bilmas muxbirlar» Toqayevni Nazarboyevning «repressiv usullari»dan voz kechishga chaqirdi
«Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro tashkiloti 9 may kuni Qozog‘istonda yuz bergan «ommaviy internet-senzura»ni qoralovchi bayonot bilan chiqdi va «muvaqqat prezident Qosim-Jomart Toqayevni o‘zidan avvalgi rahbar - Nursulton Nazarboyevning «repressiv amaliyoti»dan voz kechishga» chaqirdi.
Tashkilotning rasmiy bayonotida aytilishicha, mamlakatda 9 may kuni ertalabdan bir nechta axborot vositalarining saytiga kirib bo‘lmagan, Facebook, Telegram, YouTube hamda Instagram «kun o‘rtasida uzilgan».
«Chegara bilmas muxbirlar»ning ta’kidlashicha, «muxolifatchi Muxtor Ablyazov chaqiriq bilan chiqqan tinch norozilik namoyishlari, xuddi o‘tmishda bo‘lgani kabi, senzurani keltirib chiqardi».
«Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘limi rahbari Johann Birning so‘zlarini keltiradi: «Jamiyatning axborot olish huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilinishini hech qanday bahonalar bilan oqlab bo‘lmaydi».
Uning qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘iston hukumati «agarda islohot siyosati ishonchli bo‘lishini xohlasa, unda avvalgi davrning repressiv amaliyotidan voz kechishi kerak. Internet-senzura Qozog‘iston «Butunjahon matbuot erkinligi indeksi»da 180 pog‘onadan 158-o‘rinni egallab turganining sabablaridan biri. Bu ko‘rsatkich xalqaro miqyosdagi obro‘ga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda».
«Chegara bilmas muxbirlar»ning fikricha, Qozog‘iston hukumati «mart oyida Nazarboyev iste’foga chiqqanidan keyingi namoyishlar to‘lqinidan xavotirda».
9 may kuni mamlakatda bir nechta OAV va inson huquqlari tashkilotlarining veb-saytlariga kirish to‘sib qo‘yildi. Internet foydalanuvchilari ijtimoiy tarmoqlarga ham kira olmaganlar, ba’zilar internet va mobil aloqadagi uzilishlar haqida xabar berishdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi