22:30 / 12.05.2019
3 042

Myanmada samolyot “qorni bilan” qo‘nishga majbur bo‘ldi (video)

Myanmada samolyot “qorni bilan” qo‘nishga majbur bo‘ldi (video)
Internetda Myanmaning Mandalay shahrida Myanmar National Airline aviakompaniyasi samolyotining “qorni bilan” qo‘nishi videosi e’lon qilindi.

12 may ertalab poytaxt Yangondan Mandalayga 81 yo‘lovchi va ekipajning 7 a’zosi bilan uchayotgan Embraer ERJ-190LR samolyoti old shassisi ishlamay qolgani sababli tag qismi bilan qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Mamlakat fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi vakili Je Tutning ma’lum qilishicha, voqeaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Bu joriy haftada Myanmada yuz berayotgan ikkinchi shunday hodisadir. 8 may kuni Biman Airlines aviakompaniyasi samolyoti Yangon aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirib, uch qismga bo‘linib ketgan. OAVning ma’lum qilishicha, voqea oqibatida 30 kishi jarohat olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Myanmada samolyot “qorni bilan” qo‘nishga majbur bo‘ldi (video)