10:10 / 16.05.2019
3 465

Emomali Rahmon Tojikiston moliya, soliq va bojxona xizmati xodimlarini «elakdan o‘tkazish»ga ko‘rsatma berdi

Emomali Rahmon Tojikiston moliya, soliq va bojxona xizmati xodimlarini «elakdan o‘tkazish»ga ko‘rsatma berdi
Foto: Sputnik
Tojikiston hukumati moliya, soliq, bojxona, bank sohalari amaldorlarining malaka darajasi va daromadini tekshirib chiqadi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Buning uchun maxsus vakolatli komissiya tashkil qilinadi. Iyun oyida mansabdor shaxslar attestatsiyadan o‘tkaziladi.

10 may kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon moliya, soliq va bojxona xizmati xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazgan va ushbu tarmoqlarda xizmat qiluvchi xodimlar orasida korrupsiya holatlari ko‘payganini ko‘rsatib o‘tgan.

Prezident ushbu masalada tartib o‘rnatish yuzasidan mamlakat bosh vaziri Koxir Rusulzodaga topshiriq bergan. Rahmon bu tizimlarni «elakdan o‘tkazish» kerakligini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Rahmon amaldorlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzishni taklif qilgan. Komissiya xodimlarning daromad deklaratsiyalariga e’tibor qaratadi.

Tojikiston prezidentiga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi idora, Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi va Bojxona xizmati xodimlari o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni yashirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Emomali Rahmon Tojikiston moliya, soliq va bojxona xizmati xodimlarini «elakdan o‘tkazish»ga ko‘rsatma berdi