23:12 / 16.05.2019
5 304

Dubay hukmdori Al Maqtumning uch o‘g‘li bir kunda nikoh qurdi

Dubay hukmdori Al Maqtumning uch o‘g‘li bir kunda nikoh qurdi
BAA vitse-prezidenti va Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al Maqtumning uch o‘g‘li 15 may kuni nikoh qurdi.

16 may kuni BAAning ommaviy axborot vositalari davlat boshqarmasi Dubay hukmdorining uch o‘g‘li bir kunda nikoh qurganini rasman tasdiqladi.

Dubai Media Office’ning xabar berishicha, aka-ukalardan to‘ng‘ichi, Dubay valiahd shahzodasi, 36 yoshli shayx Hamdan bin Muhammad Al Maqtum Shayxa bint Said bin Soni Al Maqtum bilan nikoh qurdi.

35 yoshli Shayx Maqtum bin Muhammad Al Maqtum esa shayxa Mariam bint Buti Al Maqtumga, 32 yoshli Ahmad bin Muhammad Al Maqtum shayxa Midya bint Dalmuj Al Maqtumga uylangan.

Ma’lum qilinishicha, shariatga ko‘ra barcha uch juftlik nikoh shartnomalarini imzolagan 15 maydan boshlab qonuniy nikoh qurgan hisoblanadi, biroq to‘y tantanalari hali oldinda.

Amirliklar ijtimoiy tarmoqlarida shahzodalarning nikoh qurgani haqidagi yangilikdan ko‘ra Dubay valiahd shahzodasining bo‘lg‘usi rafiqasi bilan yoshliklarida tushgan suratlari ko‘proq tahsinga sazovor bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay hukmdori Al Maqtumning uch o‘g‘li bir kunda nikoh qurdi