Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov “Qirg‘iziston Respublikasining “Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Ushbu o‘zgartirishlar sobiq prezidentlarni daxlsizlikdan mahrum qiladi.
Shuningdek, sobiq prezident katta siyosatda qolishga yoki davlat lavozimida ishlashga qaror qilsa, o‘ziga tegishli barcha imtiyozlardan mahrum etiladi.
Qonun Jogorku Kenesh (parlament) tomonidan 2019 yil 4 aprelda qabul qilingan.
Qirg‘iziston konstitutsiyaviy palatasi “Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasini konstitutsiyaga zidligini tan olgan. Bu modda sobiq prezidentning mutlaq daxlsizligini kafolatlagan.
Qonun rasman e’lon qilingan kundan 10 kun o‘tgach kuchga kiradi.
Ayni vaqtda Qirg‘izistonda sobiq prezident maqomiga Roza Otunbayeva va Almazbek Atamboyev ega. Asqar Akayev va Kurmanbek Bakiyev bu maqomdan mahrum etilganlar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi