12:20 / 19.05.2019
3 988

O‘zbekistonlik taksichi Sankt-Peterburgda politsiyachiga tutqich bermay, poyga uyushtirdi (video)

O‘zbekistonlik taksichi Sankt-Peterburgda politsiyachiga tutqich bermay, poyga uyushtirdi (video)
DPS inspektori Sankt-Peterburg markazida tunda Skoda Rapid rusumli taksi mashinasini to‘xtatishga uringan, biroq haydovchi unga bo‘ysunmagan. U mashinasi tezligini oshirib, avtomobillar oqimiga qo‘shilib ketgan, deb xabar beradi «Nuz.uz».

Ushbu Skoda avtomashinasi svetofor oldida to‘xtaganida politsiya inspektori mashinaga yetib olgan va qurolini chiqarib, avtomobil eshigini ochmoqchi bo‘lganida taksi joyidan qo‘zg‘alib qarama-qarshi yo‘lga chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

DPS xodimlari metroning Chkalov bekati yaqinida ushbu haydovchini hibsga olishga muvaffaq bo‘lishgan.

Rossiya IIV Sankt-Peterburg bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur taksini ijara shartnomasi asosida 21 yoshli o‘zbekistonlik boshqargan. U oldin ham mast holatda avtomashina boshqargani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonlik taksichi Sankt-Peterburgda politsiyachiga tutqich bermay, poyga uyushtirdi (video)