18:13 / 19.05.2019
3 727

Kaliforniyada baliqchilar qayig‘i yonidan ulkan kit suzib chiqdi (video)

Kaliforniyada baliqchilar qayig‘i yonidan ulkan kit suzib chiqdi (video)
Foto: TravelAsk
Kaliforniyadagi Monterey ko‘rfazidagi baliqchilar qayig‘i oldidan ulkan kit suzib chiqdi, deb yozadi TravelAsk nashri. Kitlarning migratsiyasini kuzatishga kelgan sayyohlar ulkan kitning baliqchilar qayig‘i oldidan suzib chiqib, yuqorilaganini videoga muhrladi.

Xabar berilishicha, Monterey ko‘rfazida ko‘plab dengiz sut emizuvchilari yashaydi. Shuningdek, ko‘rfaz yirik kitlarning migratsiya qiladigan yo‘lida joylashgan.

Ushbu onlar muhrlangan yorqin suratlar muallifi fotograf Duglas Kraft hamda kitlar kuzatuvchisi Keyt Kammings bo‘ldi.

Foto: TravelAsk

Ma’lumot uchun, balog‘atga yetgan kitning og‘irligi 30 tonnagacha yetib, uzunligi 12 metrdan 16 metrgacha yetishi mumkin. Kitlar aktiv bo‘lib, muloqotga moyilligi sabab, kit kuzatuvchilarining yoqimtoyi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kaliforniyada baliqchilar qayig‘i yonidan ulkan kit suzib chiqdi (video)