11:21 / 22.05.2019
3 037

Amerika hukumati aybsiz 46 yil qamoqda o‘tirgan rassomga 1,5 million dollar tovon to‘laydi

Amerika hukumati aybsiz 46 yil qamoqda o‘tirgan rassomga 1,5 million dollar tovon to‘laydi
Foto: «Ruherald» / Richard Fillips.
Amerika hukumati aybsiz qamalib, 46 yil umrini panjara ortida o‘tkazgan Richard Fillipsga 1,5 million dollar tovon to‘laydi. Bu haqda «Xabar.uz» sayti «CBS News»ga asoslanib yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, prokuratura ikkinchi urinishdan so‘ng tovon pulini to‘lashga ko‘ngan.

Fillipsni qotillikda ayblab, 1971 yili bir umrga qamashgan. Oradan uzoq yillar o‘tib u hech kimni o‘ldirmagani, guvoh yolg‘on ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘ldi.

Fillips qamoqxonadaligi paytida tasviriy san’atga qiziqib qolgan va u hozir yaxshigina rassom. Ayrim asarlari minglab dollarga sotilmoqda.
«Ular menga tovon to‘lashadimi-yo‘qmi, farqi yo‘q», — ta’kidladi Fillips.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika hukumati aybsiz 46 yil qamoqda o‘tirgan rassomga 1,5 million dollar tovon to‘laydi