Rossiya 2019 yilning birinchi choragida rekord miqdorda oltin sotib oldi. Bu hammadan ko‘p «BullionVault» xalqaro brokerlik kompaniyasining tadqiqot bo‘limi rahbari Adrian Eshni taajjubga soldiki, u «Daily Express» gazetasiga intervyusida buni alohida ta’kidlab o‘tdi.
Demak, nashr yozishicha, ruslar 2019 yilning ilk choragida oltin zaxirasini 145,5 tonnaga yetkazishdi, bilasizmi bu qancha? O‘tgan 2018 yil birinchi choragidagidan 68 foizga ko‘p!
«RIA Novosti» Jahon oltin kengashi (World Gold Council, WGC)ga asoslanib xabar tarqatishicha, Moskva 2019 yilning ilk uch oyida 55,3 tonna oltin xarid qildi, resursning umumiy hajmi 2 168 tonnaga yetdi.
«Daily Express» yozadiki, Moskva oltin-valyuta zaxirasini yig‘ish baravarida Amerika qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilmalarni kamaytirmoqda, AQSh dollariga qaramlikni pasaytirishga urinmoqda. Ehtimolki, Rossiya bo‘lg‘usi jahon iqtisodiy inqirozidan himoyalanish payida.
«Yirik miqdordagi oltin hukumatlar yoki markaziy banklar tomonidan sotib olinishi kamdan-kam holatlarda butun dunyoda tinchlik va hamkorlik uchun yaxshilik alomati bo‘ladi», — dedi Adrian Esh.
Rossiya oltin-valyuta zaxiralari ko‘pligiga ko‘ra beshinchi o‘ringa ko‘tarildi, sariq metall uning jami valyuta zaxiralari 20 foizini ham tashkil etmaydi. Biroq Rossiya shu sur’ati bilan Fransiya va Italiyani tez orada ortda qoldirishi hech gap emas.
«Oltin qoida bor: oltin kimda bo‘lsa, hokimiyat ham shunda», — gazeta Adrian Eshdan ana shu iqtibosni keltirdi.
Biroq yetakchi uchlik butunlay boshqa masala. «Daily Express» AQShni dunyodagi eng oltinga boy davlat deya ta’rifladi. Rossiya unga yetish uchun yana 20 yil tinmay bozordagi hamma oltinlarni sotib olishi lozim bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi