22:00 / 22.05.2019
4 030

Zelenskiyga Poroshenkoning kursisi yoqmadi

Zelenskiyga Poroshenkoning kursisi yoqmadi
Ukrainaning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining birinchi ish kuni prezident kursisining noqulayligidan shikoyat qildi.

Zelenskiyning ish o‘rnida birinchi marta paydo bo‘lishi va avval sobiq prezident Pyotr Poroshenko egallagan kursi borasidagi taassurotlari videosi prezident jamoasi tomonidan e’lon qilindi. Videoda yangi prezident avval Poroshenko o‘tirgan kursi yoniga kelib, unga o‘tirib, uning “noqulayligidan” shikoyat qiladi hamda o‘z nomiga bildirilgan olqishlarga “Nimaga chappak chalyapsiz?”, deb so‘raydi atrofidagilardan.

“Men esa qachon ko‘chib o‘tishimizni o‘ylamoqdaman”, deb aytadi Zelenskiy prezident kabinetidagi stol atrofida yig‘ilganlarga.

Ukraina prezidenti ma’muriyati ayni vaqtda 1939 yilda qurilgandan keyin Kiyev harbiy okrugi shtabi, urushdan keyin esa Ukraina kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi egallagan binoda joylashgan. Ushbu bino 1992 yilda prezident qarorgohiga aylangan.

Avvalroq Zelenskiy Bank ko‘chasida joylashgan ushbu binoda ishlashni istamayotganini aytgan. Uning aytishicha, prezident ma’muriyati hukumat mavzesida emas, balki ochiq joyda ishlashi lozim. Biroq u qayerga ko‘chib o‘tmoqchiligiga aniqlik kiritmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiyga Poroshenkoning kursisi yoqmadi