Foto: «RIA Novosti»
Ukraina Davlat tergov byurosi Pyotr Poroshenkoga qarshi yana bir jinoiy ish ochdi. Ukraina Davlat tergov byurosiga arizani Sobiq prezident Viktor Yanukovich administratsiyasining sobiq rahbari o‘rinbosari Andrey Portnov bergan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Bu safar Poroshenko «Kuznitsa na Ribalksom» zavodi savdosida 300 million dollar miqdoridagi jinoiy daromadni qonuniylashtirganlikda ayblanmoqda. Bu sobiq prezidentga qarshi ochilgan uchinchi jinoiy ish.
Eslatib o‘tamiz, 21 may kuni Ukraina Davlat tergov byurosi davlat hokimiyati amaldorlariga, jumladan Pyotr Poroshenkoga qarshi davlatga xiyonat qilish va sud vakolatlarini suiste’mol qilish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi.
22 may kuni esa Poroshenko 227 million dollardan ortiq pulni o‘g‘irlaganlikda ayblanib, ikkinchi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.
Shuningdek, u 2014 yilda Yevromaydon chog‘ida sodir etilgan qotilliklar bo‘yicha ham bosh prokuraturaga so‘roqqa chaqirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi