12:27 / 26.05.2019
3 889

Eron AQSh kemalarini maxfiy qurol bilan cho‘ktirib yuborishga va’da berdi

Eron AQSh kemalarini maxfiy qurol bilan cho‘ktirib yuborishga va’da berdi
Eronlik harbiylar AQSh harbiy kemalarini maxfiy qurol yordamida suv ostiga g‘arq qila oladi. Bu haqda Islom inqilobi soqchilari korpusi maslahatchisi Murtazo Qurboniy aytib o‘tdi.

Qurboniyning aytishicha, Eron AQShning ig‘volariga bor kuchi bilan javob beradi.

“Agar dushman Fors ko‘rfazida kichik ahmohlikka ham yo‘l qo‘ysa, u holda biz nimaga qodirligimizni anglab oladi”, deb aytgan Qurboniy.

Uning ta’kidlashicha, mintaqaga AQShning 2 ta kemasi yetib kelgan va AQSh xatoga yo‘l qo‘ygudek bo‘lsa, “Eron ikkita raketa, ikkita butkul maxfiy yangi qurol bilan AQSh kemalarini ekipajlari va samolyotlari bilan birga dengiz tubiga g‘arq qiladi”.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqqa qo‘shimcha 1,5 ming harbiy jo‘natilishini e’lon qilgandi va bu himoyalanish maqsadida amalga oshirilishini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron AQSh kemalarini maxfiy qurol bilan cho‘ktirib yuborishga va’da berdi