13:50 / 26.05.2019
3 070

Kanadalik musulmonlar yuzlab oilalarga yordam ko‘rsatyapti

Kanadalik musulmonlar yuzlab oilalarga yordam ko‘rsatyapti
Kanadaning Syurrey shahridagi Musulmonlar oziq-ovqat banki direktori Azim Dahyoning aytishicha, Ramazonda Allohning roziligiga erishishning eng maqbul yo‘li – nochorlarning qornini to‘ydirish.

“Bu oyda biz Yaratganga yaqinroq bo‘lishga harakat qilamiz, ezgu ishlarni amalga oshirishning va odamlarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishning uddasidan chiqa olsak, bu bizga ajib tuyg‘ularni bag‘ishlaydi”, – deydi u.

CBC nashrining yozishicha, Musulmonlar oziq-ovqat banki o‘z ishini bundan 10 yil muqaddam bir garajda oziq-ovqat tarqatishdan boshlangan, hozirga kelib esa 400 oilaga xizmat ko‘rsatuvchi ulkan omborga aylandi.

Bankka guruch, un, yog‘ singari asosiy oziq-ovqat mahusulotlari to‘planadi va oyda ikki marta ehtiyojmandlarga tarqatiladi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadalik musulmonlar yuzlab oilalarga yordam ko‘rsatyapti