Peterburgda o‘zbekistonlik ayol va uning voyaga yetmagan qizi ishtirokida dahshatli voqea yuz berdi. Bu haqda Rossiya matbuoti xabar tarqatdi.
18 may kuni O‘zbekistonning 33 yoshli fuqarosi bo‘lgan ayol internet orqali «Vatandosh» o‘zbeklar mintaqaviy tashkiloti rahbari Usmon Baratovga murojaat qilgan. Ayolning aytishicha, 5 maydan 9 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Dachniy prospekt-24 manzilidagi uyda joylashgan kvartirada ikki nafar noma’lum shaxs uni va 12 yoshli qizini zo‘rlashgan. Shu bilan birga, ular ko‘rsatilgan kvartirada kuch bilan ushlab turilgan.
Tergov qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (zo‘rlash) va 127-moddasi 2-qismining «d» va «j» bandlari bo‘yicha (ikki yoki undan ortiq shaxsni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxsni noqonuniy ravishda kuch bilan ushlab turish) jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Bu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib Tojikistonning 47 yoshli fuqarosi qo‘lga olindi. U hech qayerda ishlamaydi - ya’ni, nolegal. Erkak Peterburgda migratsiya ro‘yxatida qayd etilmagan. Shuningdek, xabar qilinishicha, o‘zbekistonlik ayol va uning qizi ham migratsiya ro‘yxatiga qo‘yilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?