14:23 / 30.05.2019
5 023

AQShda kattaligi olmadek keladigan chaqaloq dunyoga keldi

AQShda kattaligi olmadek keladigan chaqaloq dunyoga keldi
Foto: «Vesti.ru»
Amerikaning San-Diyego shahridagi Sharp Mary Birch shifoxonasi shifokorlari muddatidan oldin dunyoga kelgan va dunyodagi eng kam vaznga ega chaqaloq hisoblanayotgan qizchaga uyga ruxsat berdi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

Qizcha tug‘ilgan paytida uning vazni 245 grammga teng edi. U ko‘rinishidan kattaroq olmani eslatardi.
Ayova universitetining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu chaqaloq dunyodagi eng mitti chaqaloq deya e’tirof etildi.

Qizcha 2018 yilning 31 dekabrida homiladorlikning 23-haftasida tug‘ilgan. Shifokorlar bola vazn yig‘mayotgani hamda bu ona hayotiga xavf solayotganini aniqladi. Shu sababli muddatidan oldin tug‘ruq haqida qaror qabul qilindi.

Qizcha besh oy mobaynida nazorat ostida bo‘ldi, hozirda uning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda kattaligi olmadek keladigan chaqaloq dunyoga keldi