06:00 / 31.05.2019
4 114

Ronalduni yomon ko‘rishni bas qilishning 5 ta sababi (foto)

Ronalduni yomon ko‘rishni bas qilishning 5 ta sababi (foto)
Krishtianu Ronaldu 2003 yilda "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tganidan beri butun futbol olamining diqqat markazida.
Hozirgi kunda portugaliyalik zamonamizning eng yorqin yulduziga aylandi va bugun uni faqat bir "kosmonavt" bilan tenlashtirishmoqda - Lionel Messi.

Biroq yulduz bo‘lish hammaga yoqish degani emas. Krishtianu Ronaldu hozir nomi tilgan olingan Lionel Messi kabi millionlab o‘quvchilari va ko‘plab xeyterlari (yomon ko‘ruvchilari) mavjud. Portugaliyalikning biografiyasidagi bir-ikkita faktga asoslanib yoki uning futbolchilik qobiliyatlari tufayli uni yomon ko‘radigan insonlar bor.

Agar siz Krishtianuni yomon ko‘rsangiz, bugun Ronalduga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirishga urinib ko‘ramiz.

5. Xayriya
Krishtianu Ronaldu faqat zamonamizning mashhur va yorqin futbolchisi emas. Birinchi navbatda u yillik daromadi 100 mln. yevrodan oshadigan boy inson. Kimlardir Krishtianu soliq to‘lamaganligi bo‘yicha yuzaga kelgan mojarolarni yodga olishi mumkin. Ammo bu ishlarni juda yaxshi tushunish uchun, barcha detallardan xabardor bo‘lishingiz, qonun-qoidalar va moliyaviy ishlarnini yaxshi bilishingiz kerak.

Shu sababli Ronalduga bog‘liq moliyaviy "o‘yinlar"ni mutaxassislarga qoldiramiz va Krishtianu ishlab topgan pullarini nimaga sarflashi haqida suhbatlashamiz. Qimmatbaho mashina, yaxta, uy va samolyotlardan tashqari, Ronaldu daromadining kichik bo‘lmagan qismini muhtojlarga sarflaydi. "Yuventus" futbolchisi pullarini kasal va kambag‘al insonlarga yordam beruvchi xayriya tashkilotlariga o‘tkazishi hech kimga sir emas.

2017 yilda Krishtianu Ronaldu o‘zining "Oltin to‘p"laridan birini sotib, undan tushgan barcha pullarni og‘ir kasal bolalarga yordam ko‘rsatuvchi fondlarga o‘tkazib bergan ekan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha sovrinni Isroilning eng boy kishisi Idan Ofer 600 ming yevroga sotib olgan.

Futbolchining ko‘plab boshqa xayriya ishlari gateza va saytlarda e’lon qilingan, ammo Ronaldu ular haqida iloji boricha gapirmaslikka harakat qiladi va bu juda to‘g‘ri, chunki muhtojlarga yordam berishdan obro‘ orttirishni sportchilar emas, siyosatchilar yaxshi ko‘rishadi.

4. O‘zgarishlardan qo‘rqmaydi
Maydondagi "artistligi", follar "yasashi" va shunga o‘xshagan ba’zi narsalar tufayli Ronalduni tanqid qilish mumkin, ammo hech kim, xatto Krishtianuning eng ashaddiy xeyteri ham futbolchini faoliyati borasida qo‘rqoqlikda yoki noprofessionalizmda ayblay olmaydi.

Portugaliyadan ko‘chib ketganidan so‘ng, Krishtianu o‘zini "Manchester Yunayted"da ko‘rsatdi, ammo bu bilan cheklanib qolmay, "Real"ga o‘tdi. Ronaldu o‘zi uchun yangi chaqiruv izladi va uni Madriddan topdi. Portugaliyalik 9 yil ichida Ispaniyada juda ko‘p jamoaviy va shaxsiy sovrinlarni qo‘lga kiritdi, ammo 2018 yilning yozida yana hammasini o‘zgartirishdan qo‘rqmadi va yoshi katta bo‘lishiga qaramasdan, "Yuventus"ga ko‘chib o‘tdi.

Ronaldu Italiyada yo‘qolib qolmadi va haqiqatdan ham superyulduz ekanligini isbotladi. Krishtianu "Yuventus"ga faqat bir narsada yordam bera olmadi - Chempionlar ligasini yutishda. Bir kishi hammasini hal qila olmaydi. Ronaldu 34 yoshda bo‘lsa ham mashg‘ulotlarda ter to‘kib ishlayapti, yana bir necha mavsumni yuqori darajada o‘tkazishni orzu qilmoqda. Buning uchun Krishtianuda deyarli hamma narsa bor.

3. O‘z muxlislarini qadrlaydi
Krishtianu gazetalarda yozilayotgandek olifta emas. Portugaliyalik o‘z muxlislariga juda iliq munosabatda, qiyin va omadsiz bahslardan keyin ham ularga vaqt ajratishga harakat qiladi. Uning jamoadoshlari avtobus tomon ketayotganda, Krishtianu doimo muxlislar bilan muloqot qiladi, dastxat beradi, selfiga tushadi va o‘z darajasiga mos bo‘lishga urinadi. Ronalduni Ronaldu qilgan aynan ishqibozlar ekanligini Krishtianu juda yaxshi biladi.

Portugaliyalik jismoniy imkoniyati uning oldiga kelishga yo‘l qo‘ymaydigan muxlislarining oldiga borgani haqida ko‘plab xabarlar e’lon qilingan. U tez-tez kasalxonada da’volanayotgan nogironlar, bolalarni ko‘rgani boradi va ularga moliyaviy hamda ruxiy yordam berishga urinadi.

Bundan tashqari, intervyularda gap muxlislar haqida ketsa, u futbolni faqat ishqibozlar uchun o‘ynashini takrorlashdan charchamaydi.

Futbol - muxlislar uchun yaratilgan sport turi va Ronaldu buni juda yaxshi tushunadi hamda his qiladi.

2. Tatuirovkalarni yoqtirmaydi

Hozirgi kunda tanasida bir nechta tatuirovka bo‘lishi o‘ziga xos trendga aylanib qoldi va bu yildan-yilga ommalashib ketmoqda. Bu hammaning shaxsiy ishi va bir narsani hisobga olmasa, jamiyatga hech qanday zarar keltirmaydi. Tanasiga tatuirovka chizdirganlar tibbiyot nuqtai nazaridan donor bo‘la olmaydi.

Krishtianu Ronaldu donorlikka katta e’tibor qaratadi. Aynan shu sababli portugaliyalik tatularni yoqtirmaydi. Ronaldu tanasidagi rasmlar bilan maqtanishdan ko‘ra yehtiyojmandlarga yordam berishni ma’qul ko‘radi. Krishtianu tatuirovkalarsiz ham boshqalardan ajralib turish mumkinligini yaxshi biladi.

Futbolchining aytishicha, u har yili kamida ikki marta donor sifatida qon topshiradi. Shifokorlar bundan ko‘piga ruxsat bermaydi

1. Oila - birinchi o‘rinda
Ba’zilar Ronalduni haqiqiy erkak emasligini aytib jar solishgan bo‘lsa, boshqalar portugaliyalikning tungi klublardagi tasodifiy qiz o‘rtoqlari haqida mish-mishlar tarqatishdi.

Ammo Krishtianu oila yaratishga arzigulik juft topishga muvaffaq bo‘ldi. Jorjina Rodriges Krishtianu Ronalduga farzand tug‘ib berdi va portugaliyalikning qolgan uch bolasiga ham yaxshi munosabatda ekan.

Shu bilan birga Ronaldu onasi va opasini juda yaxshi ko‘radi. Mish-mishlarga ko‘ra, Irina Sheyk futbolchining onasiga qilgan hurmatsizlik tufayli Krishtianu rossiyalik modelga "javobini bergan" ekan. Portugaliyalik doimo onasini hammadan ustun qo‘ygan.

Krishtianu Ronaldu barcha futbol bayramlarida Jorjina Rodriges va katta o‘g‘li bilan birga. "Oltin to‘p" topshirish marosimida ham Jorjina va kichkina Ronalduni futbolchining yonida bo‘lganini payqagan bo‘lsangiz kerak.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronalduni yomon ko‘rishni bas qilishning 5 ta sababi (foto)