18:52 / 31.05.2019
3 617

Shimoliy dengizda suv ostiga g‘arq bo‘lgan qadimiy dunyo qoldiqlari topildi

Shimoliy dengizda suv ostiga g‘arq bo‘lgan qadimiy dunyo qoldiqlari topildi
Britaniyaning Bredford universiteti olimlari Shimoliy dengizda qadimiy mezolit davriga oid qoldiqlarga duch kelishgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Ekspeditsiya chog‘ida mutaxassislar turli namunalar olishgan va ularni tekshirib ko‘rib, landshaft va toshga aylangan qoldiqlar yoshi o‘n ming yilga teng bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Tadqiqot olib borilayotgan hudud Doggerlend — Britaniyaning sharqiy sohillari va Shimoliy dengizning janubiy qismi ostidagi quruqlik massiviga oiddir.

Ilgariroq, olimlar dengiz ostida siqilgan torf qatlami borligini aniqlashgan edi. Ularning fikricha, 12 ming yil avval bu hududda eng dastlabki ovchilar umrguzaronlik qilgan bo‘lishi mumkin. Keyin taxminan 4 ming yil o‘tgach, bu joylar suv ostida qolgan. Mutaxassislar bu hududda tadqiqotlarni davom ettirish niyatida.

«Biz yaqinda qadimiy qo‘nalg‘alar iziga duch kelishimizga ishonamiz. Bu hududda qo‘lga kiritilgan osori atiqalar bu yerda yana nimalardir bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda», — deydi arixeolog Viyesent Gaffni.

Olimlar Doggerlendga hollandlarning tadqiqot kemasida kuzda qaytib kelishmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy dengizda suv ostiga g‘arq bo‘lgan qadimiy dunyo qoldiqlari topildi