Janubiy Afrika Respublikasining Sanin shahrida o‘tgan regbi uchrashuvini begemotlarning maydonga bostirib kelishi sababli to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Far North Bulletin mahalliy nashri xabar berdi.
Ikki mahalliy jamoaning o‘yini Letaba Rugby Club maydonida o‘tgan.
O‘yin vaqtida begemotlar maydonga chiqib, u yerdagi maysani yeyishga tushib ketgan.
Nashr rahbari Jo Dreyerning fikricha, bunday ko‘p begemotlarning yopirilib kelishiga stadion yaqinida Letaba daryosi joylashgani sabab hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, JARning shimolidagi Sent-Lyusha shaharchasi ko‘chalarida begemotlarni uchratish oddiy hol hisoblanadi. Gap shundaki, shaharcha yaqinida Isimangaliso qo‘riqxonasi joylashgan bo‘lib, u yerda ko‘plab begemotlar yashaydi. Shaharni “gippopotamlar shahri” deb ham atashadi va u yerda ko‘chalarda “Gippopotamlardan saqlaning” degan ogohlantiruvchi belgini ham uchratish mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boringLetaba Rugby Klub, Tzaneen......forwards training session @bchanakira2 @Whenna_Rugby @Kiwi_Bok @SuperSportTV @SuperRugby @Springboks @rhynosauceros pic.twitter.com/Ohy5JQYNmW
— Coach-Henco (@CoachBarriesH) May 30, 2019
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?