09:15 / 01.06.2019
3 758

Gavayida inson miyasini yeb qo‘yuvchi parazitlar aniqlandi

Gavayida inson miyasini yeb qo‘yuvchi parazitlar aniqlandi
Foto: «Gazeta.ru»
Gavayi Sog‘liqni saqlash vazirligi va kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazlari inson miyasi bilan oziqlanuvchi xavfli parazitlar haqida ogohlantirdi. Bu haqda «Daryo.uz» xabar berdi.

Ushbu xabar bir necha kishi infeksiya yuqtirganidan keyin tarqaldi. Inson tanasiga kirgach, ular miya to‘qimasini yeydi, bu esa eozinofil meningitiga sabab bo‘ladi. Kasallik jiddiy asoratlarga, ba’zan o‘limga olib kelishi mumkin.

Infeksiya tashuvchilari kalamush g‘umbagi hisoblanadi. Parazit organizmga yuvilmagan meva va sabzavotlarni, shuningdek, shilliqurt yeyish orqali kirishi mumkin. Xabarda aytilishicha, bir kishi bahs boylab, atayin shilliqurtni yeganidan keyin infeksiyani yuqtirib olgan.

So‘nggi yillarda infeksiyalar soni ko‘paymoqda. 2019 yilning o‘zida 5 kishi parazit bilan kasallandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gavayida inson miyasini yeb qo‘yuvchi parazitlar aniqlandi