2 895
Zelenskiy hukumati «Qrimni qaytarish strategiyasi»ga tayyorgarlik ko‘rilayotganini bildirdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusselga ilk bor tashrifi chog‘ida Yevropa Ittifoqi va NATO rasmiylari bilan Kiyevda ishlab chiqilayotgan «Qrimni qaytarish» strategiyasini muhokama qiladi. «RBK»ning xabar berishicha, bu haqda Zelenskiy matbuot kotibi Yuliya Mendel ma’lum qilgan.
«Administratsiya Qrimni unutib yubordi deb o‘ylamang. Doimiy konsultatsiya o‘tkazilmoqda. Bir qarorga kelinganda ma’lum qilinadi», — deb tushuntirish bergan Mendel. Uning ta’kidlashicha, Zelenskiy administratsiyasi shaffof bo‘lish niyatida, biroq yakuniy qaror chiqarilmaguncha tafsilotlarni oshkor qilmaydi.
May oyi oxirlarida ma’lum bo‘lishicha, Zelenskiy Bryusselga 4—5 iyun kunlari keladi. Qayd etilishicha, u NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg, Yevropa Kengashi prezidenti Donald Tusk va Yevropa Komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker bilan uchrashishi kutilmoqda. Bundan tashqari, prezident iyul oyida Ukraina—YeI sammiti doirasida Bryusselga yana tashrif buyuradi.
Inauguratsiya vaqtida Zelenskiy Qrim va Donbass «Ukraina yeri» ekanini aytgan. Uning ta’kidlashicha, mamlakat nafaqat hududni, balki odamlarni ham yo‘qotdi.
Qrim 2014 yilda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra Rossiya tarkibiga kiritilgan edi. Ukraina sodir bo‘lgan holatni anneksiya (bir davlat tomonidan boshqa davlatning bir qismini majburan qo‘shib olinishi) deb baholamoqda. Kremlda bu ayblov bir necha marta inkor etilgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Qrimning egalik masalasi tarixiy jihatdan yopilganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi