22:25 / 04.06.2019
3 108

Tramp Britaniyaga «misli ko‘rilmagan» savdo kelishuvini va’da qildi

Tramp Britaniyaga «misli ko‘rilmagan» savdo kelishuvini va’da qildi
Qo‘shma Shtatlari Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan chiqib ketganidan so‘ng u bilan "misli ko‘rilmagan" savdo kelishuvi imzolash majburiyatini oladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

"Buyuk Britaniya Amerika iqtisodiyotining eng yirik investori va Yevropaga eksport uchun eng yirik bozordir. Buyuk Britaniya YeIni tark etishga tayyorlanar ekan, AQSh Buyuk Britaniya bilan misli ko‘rilmagan savdo kelishuvi imzolash majburiyatini oladi", - dedi Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 3 iyun kuni davlat tashrifi bilan Buyuk Britaniyaga keldi. U uch kunlik tashrifini qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashuvdan boshladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Britaniyaga «misli ko‘rilmagan» savdo kelishuvini va’da qildi