15:13 / 05.06.2019
3 389

Forbes dunyoning eng boy xonandasini ma’lum qildi

Forbes dunyoning eng boy xonandasini ma’lum qildi
Foto: Nyppagesix
Forbes amerikalik qo‘shiqchi Riannani musiqa olamidagi eng boy ayol deb topdi. «Gazeta.ru»ning yozishicha, uning boyligi 600 millon dollar deb baholanmoqda.

Qayd etilishicha, xonanda Madonna, Selin Dion va Beyonse kabi qo‘shiqchilarni ham ortda qoldirgan.

Aniqlik kiritilishicha, qo‘shiqchi boyligining asosiy qismini LVMH Moet Hennessy Louis Vuitton xalqaro kompaniyalar guruhi bilan hamkorlik qilish orqali topgan. Bundan tashqari, Rianna Fenty Beauty nomli kosmetika brendiga ega.

Qolaversa, uning boyligi Savage X Fent ich kiyimlar brendi hisobiga hamda konsert dasturlari va musiqiy albom chiqarish hisobiga o‘sgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Forbes dunyoning eng boy xonandasini ma’lum qildi