19:13 / 05.06.2019
6 115

Niderlandiyada 17 yoshli qiz o‘z xohishiga ko‘ra evtanaziya qilindi

Niderlandiyada 17 yoshli qiz o‘z xohishiga ko‘ra evtanaziya qilindi
Foto: Daily Mail
Niderlandiyalik 17 yoshli Noa Potxoven mamlakatda qonuniy hisoblangan evtanaziyadan faydalanib, shifokorlar yordamida bu yorug‘ olamni tark etdi, deb xabar beradi Daryo.uz nashri.

Ma’lum qilinishicha, qiz o‘smirligida jinsiy zo‘ravonlik qurboniga aylangani sabab posttravmatik stress, tushkunlik va anoreksiyadan aziyat chekkan. Shifokorlar qiz 17 yoshga to‘lganidan ikki kun o‘tib unga in’eksiya yuborgan. Niderlandiyada aynan 17 yoshdan oshgan fuqarolargina ota-onasining roziligisiz evtanaziyadan foydalana oladi.

Noaning ota-onasi qizining bu qaroridan bexabar bo‘lgan va bundan qattiq shokka tushgan. Qiz o‘z xonasida qarindoshlari va do‘stlariga bitilgan vidolashuv maktubini qoldirgan. U uzoq yillar psixiatrik klinikalarda davolangan, 16 yoshida «G‘alaba qozonish yoki o‘qish» nomli avtobiografik kitob ham yozgan.

Niderlandiya qonunchiligiga ko‘ra, shifokor bemorning og‘riqlarini chidab bo‘lmas darajada deb topsa, 12 yoshdan oshganlar evtanaziya qilinishi mumkin. 2017 yilda mamlakatda 6,5 ming kishi shu usul orqali hayotdan ko‘z yumgan. Bu butun Niderlandiyada vafot etgan odamlarning 4,5 foizini tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiyada 17 yoshli qiz o‘z xohishiga ko‘ra evtanaziya qilindi