14:48 / 08.06.2019
3 222

Fransiyada rossiyalik josus fosh etildi

Fransiyada rossiyalik josus fosh etildi
Fransiyada rossiyalik josus fosh etildi. “Exo Moskvi”ning yozishicha, diplomat deb taxmin qilinayotgan bu shaxs Jahon antidoping agentiligiga kiberhujum uyushtirish rejasiga yordam bergan.

Maʼlum boʻlishicha, josus Sergey Jyoltikov boʻlib, uni Fransiya va Shveysariya maxsus xizmatlari fosh qilgan. Fransiyaning Monde gazetasi yozishicha, u goʻyoki Rossiyaning Marseldagi bosh konsulligida vitse-konsul sifatida ishlagan. Bunda u diplomatik vakolatxona xodimlari orasida rasman roʻyxatdan oʻtmagan.

Shveysariya maxsus xizmatlariga koʻra, Jyoltikov Rossiya Bosh razvedka boshqarmasi sayyor guruhi tarkibiga kirgan. Logistika bilan shugʻullanib, rossiyalik Yevgeniy Serebryakov va Aleksey Morensning xafsizligini taʼminlagan. AQSH va Niderlandiya hukumati ularni WADA laboratoriyasiga xakerlik hujumiga tayyorgarlik koʻrishda ishtirok etganlikda ayblamoqda. Ular goʻyoki diplomatlar niqobida harakat qilgan.

Jyoltikov Shveysariyada oʻz missiyasini amalga oshirganidan soʻng Fransiyadan ketgan. Gazeta maʼlumotlariga koʻra, fransiyalik razvedkachilar uni kuzatgan va shveysariyalik hamkasblariga axborot bergan.

Har ikki davlat rasmiylari josus haqidagi axborotlarga izoh bermagan. Rossiyaning Marseldagi bosh konsulligi Monde gazetasi chop etgan maʼlumotlarni tuhmat deb atagan.

Gumon qilinayotgan rossiyalik xakerlar oʻtgan yilning oxiridan beri AQSH Moliya vazirligi sanksiyalar roʻyxatida. Vazirlikning taʼkidlashicha, ular uch yil avval WADA maʼlumotlar bazasini xavf ostida qoldirgan. Serebryakov va Morens boshqa jinoyatlarga aloqadorlikda ham gumon qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada rossiyalik josus fosh etildi