07:05 / 09.06.2019
5 931

Moskvada politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Moskvada politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Moskvada 7 iyun kuni O‘zbekiston fuqarosi politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu xabarni tasdiqladi.

«O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi O‘zbekiston tomonining so‘roviga ko‘ra xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi T.S.ning 7 iyun kuni Moskva shahar ‘Koptevo’ IIBdan qochishga va politsiya xodimining tabel qurolini qo‘lga kiritishga urinishi chog‘ida otib o‘ldirilganligi to‘g‘risida OAVning tarqatgan xabarlarini tasdiqladi», — deyiladi TIV axborotida.

Rossiya IIVning Moskva shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda va uning yakunlari yuzasidan protsessual qaror qabul qilinadi. «Elchixona konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan», — deyiladi rasmiy axborotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi