21:41 / 10.06.2019
5 364

Instagram'dagi “eng yoqimtoy” inson nomi ma’lum qilindi

Instagram'dagi “eng yoqimtoy” inson nomi ma’lum qilindi
Hype Auditor analitik platformasi Instagram ijtimoiy tarmog‘ining eng taniqli foydalanuvchisi nomini ma’lum qildi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

Resurs foydalanuvchilarga real obunachilar nechta layk bosgani, yana nechta layk botlardan kelganini aniqlaydi. Analitiklarning hisob-kitoblariga ko‘ra, eng ko‘p haqiqiy laykni amerikalik qo‘shiqchi Selena Gomes olgan.

U obunachilari soni bo‘yicha yetakchi emas – 151 million kishi, ammo uning Instagram’dagi har bir fotosurati o‘rtacha 4,6 milliontagacha layk yig‘adi.

Ikkinchi o‘rinni model va biznesmen Kayli Jenner egalladi – 3,6 million layk.

Uchinchi o‘rinda 170 million obunachiga ega "Yuventus" va Portugaliya termasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu joylashdi – 2,8 million layk.

Ronaldudan keyinda yana bir futbolchi –"Barselona" sardori Lionel Messi bormoqda - 2,5 million layk. Beshinchi o‘ringa har bir posti 2,3 million layk yig‘adigan Beyonce joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Instagram'dagi “eng yoqimtoy” inson nomi ma’lum qilindi