00:00 / 12.06.2019
4 037

Tuvalik erkak o‘ziga hamla qilgan ayiqning tilini uzib oldi

Tuvalik erkak o‘ziga hamla qilgan ayiqning tilini uzib oldi
Foto: FKontakte
Tuvalik erkak o‘ziga hujum qilgan ayiqning tilini tishlab olib, o‘z hayotini saqlab qoldi. «Vesti.ru»ning yozishicha, 26 yoshli Nikolay Igrit hozir kasalxonada, davolanish tugaganidan so‘ng jarima to‘lashi lozim.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 1 iyun kuni Tuvaning ov qilishi taqiqlangan Piy-Xem hududida sodir bo‘lgan — uch og‘ayni Sibir bug‘usi shoxini yig‘ishga borgan.

«Ayiqni ko‘rganimda avvaliga qo‘rqqanimdan qotib qoldim. Menda qurol ham, pichoq ham yo‘q edi. Menga tashlanmaydi deb o‘ylab, baqirishni boshladim, ammo ayiq menga otilib kela boshladi. Boshiga musht tushirishga ulgurdim, lekin ayiq menga tashlanib, yerga yiqitdi», — deb bo‘lib o‘tgan voqealarni eslaydi kasalxonada yotgan Nikolay.

Bir payt yigit epchillik qilib ayiqning tilini ushlab olgan. Ayiq og‘riqdan ortga tisarilgan, yigit esa tishlab olgan. Oqibatda ayiq tilsiz qolgan, Nikolay esa o‘z hayotini saqlab qolgan.

Og‘aynilari uni ertasi kuni kasalxonaga olib kelgan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng, ular politsiyaga bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan tushuntirish berishga majbur bo‘lgan.

Suhbatdan so‘ng o‘rmonda beruxsat o‘choq yoqishgani uchun ularga nisbatan ma’muriy ish ochilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tuvalik erkak o‘ziga hamla qilgan ayiqning tilini uzib oldi