06:00 / 12.06.2019
3 098

Tramp G20 sammitida Putin va Si Szinpin bilan uchrashmoqchi

Tramp G20 sammitida Putin va Si Szinpin bilan uchrashmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan "katta yigirmatalik" sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Szinpin bilan uchrashishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton ma’lum qildi.

"Uchrashuvlarga kelsak, prezident Si Szinpin va Vladimir Putin bilan uchrashishini kutmoqdamiz", - dedi Bolton.

Avvalroq Donald Tramp CNBC telekanaliga bergan intervyusida agar Si Szinpin "yigirmatalik" davlatlari rahbarlari uchrashuviga kelmasa, Xitoy mahsulotlariga nisbatan yangi bojlar joriy etilishini aytgandi.

"Katta yigirmatalik" sammiti 29 iyun kuni Osakada bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp G20 sammitida Putin va Si Szinpin bilan uchrashmoqchi