19:58 / 13.06.2019
3 241

Rossiyaning Penza shahrida osh sammiti o‘tkazilmoqda (foto, video)

Rossiyaning Penza shahrida osh sammiti o‘tkazilmoqda (foto, video)
Foto: «Penza SMI»
Bugun, 13 iyun kuni Rossiyaning Penza shahrida shahar kuni munosabati bilan an’anaviy tus olgan osh sammiti o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi «ASIA-Plus».

Rossiya kuni va Penzada shahar kuni munosabati bilan mahalliy o‘zbeklar jamiyati vakillari osh festivalini tashkillashtirishdi.
O‘zbek milliy taomi - palov katta qozonlarda shahardagi Moskovskaya ko‘chasidagi xiyobonda tayyorlanmoqda.

10 nafar oshpaz ertalab soat 4 dan buyon palov pishirmoqda, deyiladi xabarda.
Penzaliklar Samarqandcha, Xorazmcha, Toshkentcha, tojikcha hamda choyxona palovini ta’tib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.

Qayd etilishicha, oshpazlar aksariyat mahsulotlarni O‘zbekistondan olib kelishgan.
Palovning bir porsiyasi 100 rubl evaziga sotilmoqda. To‘plangan pullar YTHda jarohatlangan 4 yoshli bolani davolatish uchun yo‘naltiriladi, deyiladi xabarda.

Foto: «Penza SMI»

Foto: «Penza SMI»

Foto: «Penza SMI»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Penza shahrida osh sammiti o‘tkazilmoqda (foto, video)