3 362
Turkmaniston prezidenti velosipedda o‘tirib to‘pponchadan o‘q otish mahoratini namoyish qildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov harbiy mashg‘ulotlarda velosipedda nishonlar oldidan o‘tayotib, to‘pponchadan ularga aniq o‘q otish malakalarini namoyish qildi. Bu haqda Turkmaniston hukumatining “Neytralniy Turkmenistan” nashri xabar berdi.
Berdimuxamedov ushbu malakalarini o‘quv-mashg‘ulot markazida namoyish qilgan. Nashrning ta’kidlashicha, Turkmaniston yetakchisi milliy armiya qo‘shinlarining tayyorligini to‘satdan tekshirish maqsadida yarimtundan keyin tegishli bo‘linmalarning jangovar shay holatga keltirilishini buyurgan. Trevoga bo‘yicha harbiy qismlarning shaxsiy tarkiblari oyoqqa turg‘izilgan, jangovar samolyot va vertolyotlar o‘quv-mashg‘ulot markaziga yo‘l olgan.
Bu yerda Berdimuhamedov harbiy mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirib, velosipedga o‘tirgan va yo‘l bo‘ylab o‘rnatilgan uchta nishon oldida burilishlar bajarib, ulardan har biriga uchtadan o‘q uzgan.
Nashrning ta’kidlashicha, Turkmaniston yetakchisi barcha nishonlarni aniq mo‘ljalga olib, o‘zining yaxshi jismoniy tayyorgarlikda ekani va o‘q otish mahoratini yana bir namoyish qilgan va harbiylarga o‘rnak ko‘rsatgan.
Berdimuhamedov muntazam ravishda qo‘l ostidagilarga turli o‘qotar qurollardan o‘q otish malakasini namoyish qilib keladi. Biroq, ta’kidlanishicha, velosipedda o‘tirib aniq o‘q otish malakasini Turkmaniston prezidenti ilk bor namoyish qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi