13:28 / 15.06.2019
3 337

Putin Si Szinpinning tug‘ilgan kuniga muzqaymoq sovg‘a qildi

Putin Si Szinpinning tug‘ilgan kuniga muzqaymoq sovg‘a qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dushanbeda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti rasman boshlanishi oldidan 15 iyunda 66 yoshni qarshilagan Xitoy raisi Si Szinpinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga hamkasbi yoqtirib qolgan, Rossiyada ishlab chiqarilgan muzqaymoq sovg‘a qildi.

Ta’kidlanishicha, Putin Xitoy raisini tavallud ayyomi bilan tabriklagani uning Dushanbedagi qarorgohiga kirib o‘tgan.

Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Si Szinpinning ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi rolini yuqori baholab, Xitoy raisining Rossiyaga yaqinda amalga oshirgan tashrifi muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidlab o‘tgan.

Si Szinpin o‘z navbatida Putinga minnatdorlik bildirgan va uning Xitoyda juda mashhurligini ta’kidlab o‘tgan.

Ma’lum qilinishicha, bir necha yil avval Sharqiy iqtisodiy sammitda xitoylik tadbirkorlar Putinga Rossiya muzqaymog‘i Xitoyda mashhurligini aytishgan. Shundan keyin Putin Xitoyga navbatdagi tashrifi vaqtida Si Szinpinga ushbu shirinlikdan olib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Si Szinpinning tug‘ilgan kuniga muzqaymoq sovg‘a qildi